TOShKENT, 12 apr – Sputnik. Pokistonning Kvetta shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi esa tan jarohati oldi.
GeoTV telekanalining xabar qilishicha, hodisa juma kuni shahar bozorida qo‘lbola portlash moslamasi harakatga kelgani tufayli sodir bo‘lgan.
Hozirda terakt sodir etilgan hudud xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘rab olingan va qutqaruv xizmati ish olib bormoqda.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, portlash qurbonlari soni oshishi mumkin.