“O‘zbekenergo"da tashkil etilgan yangi tuzilmalarga rahbarlar tayinlandi

© Sputnik / Aleksey DrujininPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Energetika vazirligi tuzilmasida qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

TOShKENT, 12 apr – Sputnik.O‘zbekenergo" AJ bazasida tashkil etilgan uchta aksiyadorlik jamiyatiga raislar tayinlandi.

Aksionernoe obshestvo Uzbekenergo - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekenergo”da haftaning har chorshanba kuni “investitsiya kuni” deb e’lon qilindi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 27-martdagi O‘zbekiston prezidenti farmoniga muvofiq "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati negizida uchta aksiyadorlik jamiyati – "Issiqlik elektr stansiyalari", "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" va "Hududiy  elektr tarmoqlari" tashkil etildi.

Ruslan Gazizovich Mubarakshin "Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi etib tayinlandi.

R. Mubarakshin  1962 yil 19-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1991-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi. U "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangunga qadar “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining Toshkent issiqlik elektr stansiyasining direktori lavozimida ishlagan.

Dadajon Aynakulovich Isoqulov "O‘zbekiston elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

D.Isoqulov 1961-yil 20-iyulda Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. 1985-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi mashina traktor parki muhandisi vazifasidan boshlab, "O‘zdavenergonazorat" inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘igacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Turli yillarda "O‘zbekenergo" aksiyadorlik jamiyatining Markaziy magistral elektr tarmoqlari - "O‘zelektroset" unitar korxonasi direktori, "O‘zbekenergo" AJ raisining birinchi o‘rinbosari, "O‘zbekenergo" AJning Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.

Linii elektroperedach, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Prezident qarori bilan “O‘zbekenergo” uchta tashkilotga bo‘lindi

Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev "Hududiy elektr tarmoqlari"  aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

U.Mustafoyev 1968-yil 14-avgustda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Toshkent xalq xo‘jaligi institutini bitirgan. “Sanoatqurilishbank”ning Jizzax viloyat filialida kichik, keyinchalik katta mutaxassis sifatida ishladi. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining operatsion boshqaruvi katta iqtisodchisi va pul muomalasi bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. Keyin 2016-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari, 2016-yilda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, 2017-yilda "O‘zbekenergo" AJ boshqaruvi  raisi lavozimiga tayinlangan.

Yangiliklar lentasi
0