Saida Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor o‘rinbosari bo‘ldi

© Press-slujba Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiySaida Mirziyoyeva stala zamdirektora Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy
Saida Mirziyoyeva stala zamdirektora Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, vazirlik va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etdi

TOShKENT, 12 apr - Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boshchiligida kengaytirilgan hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Allamjonov rahbarligidagi O‘zMAA PR-markazga aylantiriladi

Yig‘ilishda prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, vazirlik va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda hukumat va Oliy Majlis palatalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlashga oid tizimli ishlarni tashkil qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda axborot xizmatlarining nufuzini oshirish, Agentlik tizimiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, matbaa va noshirlik, kutubxonachilik sohasini zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xususan, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus bo‘yicha belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish masalalari alohida qayd etildi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga va Agentlik jamoasiga yangi rahbariyat tarkibi tanishtirildi – Agentlik direktori vazifasini bajaruvchi Komil Allamjonov, direktorning birinchi o‘rinbosari Avazbek Xodjimetov, direktor o‘rinbosarlari etib Saida Mirziyoyeva Shavkatovna hamda G‘ayrat Bozorov tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0