Allamjonov rahbarligidagi O‘zMAA PR-markazga aylantiriladi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga PR-markaz funksiyalari yuklatildi

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmoniga muvofiq, Komil Allamjonov rahbarligida O‘zMAA PR-markazga aylantiriladi.

Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Allamjonov yangi lavozimga tayinlandi

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga, eng avvalo, xorijiy ishbilarmonlik doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari o‘rtasida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, O‘zbekiston Davlat dasturining borishi, biznes uchun yaratilgan qulay sharoitlar to‘g‘risida keng ma’lumot berish va targ‘ib qilishni tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan PR-markaz funksiyasi yuklatilishi nazarda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Z.Sh.Nizomiddinov) ikki hafta muddatda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi, jumladan, PR-markaz funksiyasini bajarish doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqish topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0