O‘zbekistonda qo‘shinlar jangovar shayligi yana to‘satdan tekshirildi

© Press-slujba Ministerstva oboroni RUzVoyska Yugo-zapadnogo osobogo voyennogo okruga Uzbekistana podverglis vnezapnoy proverke boyegotovnosti.
Voyska Yugo-zapadnogo osobogo voyennogo okruga Uzbekistana podverglis vnezapnoy proverke boyegotovnosti. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu galgi tekshiruvga Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining barcha harbiy bo‘linmalari jalb etildi. O‘quv mashqlari 26-29 mart kunlari Qashqadaryo viloyatidagi “Muborak” va “Nuriston” poligonlarida, shuningdek, harbiy okrugning boshqa hududlarida bo‘lib o‘tadi.  

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. 26-mart kuni ertalabdan mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘ining farmoyishiga ko‘ra Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari yuqori jangovar shaylik holatlariga keltirildi.

Perviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev nega qo‘qqisdan harbiy trevoga e’lon qildi?

"O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligini to‘satdan tekshirish rejasiga asosan, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi tomonidan vazirlik bo‘linmalarining jangovar shaylik darajasi bosqichma-bosqich tarzda o‘quv sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Bu galgi tekshiruvga Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining barcha harbiy bo‘linmalari jalb etildi. O‘quv mashqlari joriy yilning 26-29 mart kunlari Qashqadaryo viloyatidagi "Muborak" va "Nuriston" poligonlarida, shuningdek, harbiy okrugning boshqa hududlarida bo‘lib o‘tadi", - deb xabar qildi vazirlik matbuot-xizmati.  

Tekshiruvlarning asosiy maqsadi – bo‘linmalarning jangovar shayligi va jipsligini tahlil qilish va baholash, harbiy qismlar, harbiy texnika va qurol-aslahalarning o‘quv-jangovar vazifalarni bajara olishga tayyorgarligini nazoratdan o‘tkazishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining ko‘rsatmasiga muvofiq, 2018-yilning noyabr oyida Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligi birinchi marta keng ko‘lamli to‘satdan tekshiruvdan o‘tkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0