Prezident vakili Surxondaryoda sayyor qabul o‘tkazdi: qanday muammolar hal etildi

© Dialog s narodomV Surxondare proveli priyem grajdan
V Surxondare proveli priyem grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida Termiz, Angor, Muzrabot tumanlari hamda Termiz shahridan kelgan fuqarolarni qabul qildi.

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari A.Usmonov tomonidan Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi 9-bolalar musiqa va san’at maktabida  sayyor qabul o‘tkazdi.

Viezdnoy priyem otvestvennix lis v Navoiyskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Zarafshonda sayyor qabul bo‘lib o‘tdi  

Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Angor tumanidagi “Sharq guli” mahallasida Termiz, Angor, Muzrabot tumanlari hamda Termiz shahridan kelgan fuqarolarni qabul qildi.

Salkam olti soat davom etgan sayyor qabulda viloyat va tumanlardagi barcha sektor rahbarlari tumanlar va shahar hokimligi vakillari, boshqarmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoat tashkiloti vakillari, OAV xodimlari ishtirok etdi. Qabul davomida 218 nafar fuqarodan 281 ta murojaat kelib tushdi. Bu murojaatlarning 41,3 foizi shu yerning o‘zida hal etildi.

Masalan, Angor tumanidagi “Navbahor” mahallasi 78-uyda yashovchi 1-guruh nogironi Muborak Qobilovaga nogironligi bo‘lgan shaxslarga qurilayotgan uy-joylardan uy ajratish belgilandi.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev fuqarolarni shaxsan qabul qilishi haqidagi xabar rad etildi

Shuningdek, angorlik Tojiboy Ziyoqulov, Chori Hasanov, Xushboq Yo‘ldoshev, Rahmonqul Sayimov, Jang‘il Qoraboyevalarga eshitish moslamasi topshirildi.

Olti nafar fuqaroga tug‘ilganlikni qayd etuvchi guvohnoma, ikkita oilaga nikohni qayd etish guvohnomalari keng jamoatchilik oldida tantanali suratda topshirildi.

Muzrabot tumanidan kelgan fuqarolar Xo‘jamqul Xudoyorov, Yo‘ldosh Bozorov, Sodiq Jumayevlar shaxsiy tomorqalariga suv kelmasligi muammosini aytishgandi.

Bu masala tegishli tashkilotga topshirilib, hal etish ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0