Tojikiston Jahon bankidan yordam so‘ramoqda

© Sputnik / Amir IsaevPodgotovka k otkritiyu Rogunskoy GES v Tadjikistane
Podgotovka k otkritiyu Rogunskoy GES v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston Rog‘un GES qurilishini oxiriga yetkazish uchun Jahon bankidan xorijiy investitsiyalar jalb qilishda yordam ko‘rsatishni so‘radi.

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Tojikiston Rog‘un GES qurilishini oxiriga yetkazish uchun Jahon bankidan xorijiy investitsiyalar jalb qilishda yordam ko‘rsatishni so‘radi.

Tojikiston Milliy banki matbuot xizmatining xabar qilishicha, Tojikiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari Jamoliddin Nuraliyev Jahon banki katta iqtisodchisi Goar Guluman va xalqaro moliya institutining Tojikistondagi vakolatxonasi rahbari Yan Piter Olters bilan uchrashuvda chog‘ida ushbu iltimosni bayon etgan.

Na stroyploshadke Rogunskoy GES  - Sputnik O‘zbekiston
Tarixiy voqea: Imomali Rahmon Rog‘un GESini ishga tushirdi

Xabarda yozilishicha, Goar Guluman 1-apreldan 10-aprelgacha xizmat safari bilan  Tojikistonda bo‘lgan.
Uchrashuvda Nuraliyev Rog‘un GESi “mintaqa davlatlarini arzon elektr energiya bilan ta’minlash yo‘lida” muhim mintaqaviy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. U Jahon banki vakillariga murojaat qilib, Rog‘un gidrouzeli qurilishi bo‘yicha loyihani hayotga tatbiq etishda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga hissa qo‘shishga chaqirgan.

Tojikiston hozirga qadar Rog‘un GESni asosan o‘z mablag‘lari hisobiga qurib kelgan. Tojikiston Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yilda ushbu maqsadlar uchun budjetdan 2 milliard 100 million somoniy (222 million dollar) ajratiladi. O‘tgan yili 4,7 milliard somoniy gidro elektr stansiyani qurishga ketdi, ulardan 3,4 milliardi - budjet mablag‘lari, qolgan qismi esa 2018-yilga Tojikistonga ajratilgan yevrobondlardan olindi.

Stroitelstvo Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Rog‘un GESini ishga tushirish marosimida ishtirok etadi

2017 yilning sentabrida Tojikiston AQShdagi jahon bozorida 500 million dollarga teng davlat mablag‘larining birinchi partiyasini muvaffaqiyatli sotgan edi. Shu bilan birga obligatsiyalarning foyda foizi yiliga 7,125 foizni tashkil qildi. Mamlakat ichkarisida sotilgan Rog‘un GESi aksiyalaridan tushgan mablag‘lar 980 million somonini tashkil qildi. Bu mablag‘larning katta qismi GES uchun jihozlar sotib olishga sarflangan. Aksiya va yevrobondlar sotuvidan tushgan barcha mablag‘lar, respublika budjetidan ajratilgan pullar bilan qo‘shib hisoblaganda umumiy qiymati 24 milliard somoni Rog‘un GESi to‘g‘oni qurilishi va jihozlar sotib olishga sarf etildi.

Emomali Raxmon na stroitelnoy ploshadke Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Tojikiston do‘stligi Rog‘un GESini qurilishini bitkazishga yordam beradi

Rog‘un gidroelektrostansiyasi – Vaxsh darosidagi 9-chi kaskada GES hisoblanadi. U Dushanbedan 110 km sharqda joylashgan. GES loyihasi bo‘yicha u 6 ta agregatdan iborat, har birining quvvati 600 MVtni tashkil qiladi.  Stansiya tosh-quyma to‘g‘onining balandligi 335 metrni tashkil qiladi. U dunyoda bunday turdagi GESlar orasida eng baland bo‘ladi. Loyiha bo‘yicha stansiya quvvati 3600 MVt  tashkil qilib, u Markaziy Osiyoda eng yirik GES bo‘ladi.

2018 yilning 16-noyabrda ishga tushirilgan Rog‘un GESi 2019-yil 1-yanvargacha 90,3 million kVt.s elektr energiya ishlab chiqardi.

Shuningdek, Rog‘un GES ikkinchi gidroagregati 2019-yil aprel oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0