O‘zbekiston-Tojikiston do‘stligi Rog‘un GESini qurilishini bitkazishga yordam beradi

© Ofitsialnaya stranitsa press-slujbi prezidenta RT v FacebookEmomali Raxmon na stroitelnoy ploshadke Rogunskoy GES
Emomali Raxmon na stroitelnoy ploshadke Rogunskoy GES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yil oktabr oyida Tojikiston balandligi 335 metr, qiymati 1,95 milliard dollarlik ustki toshli to‘g‘onni barpo etish ishlarini boshlagandi. GESning umumiy qiymati 3,9 milliard dollar deb baholanmoqda

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi va xorijiy investitsiya ajratilishi Rog‘un GESi qurilishini bitkazishga ko‘mak beradi. Bu haqda Yevropa taraqqiyot banki tahlilchilari aytishmoqda.

Rog‘un GESi qurilishi - Sputnik O‘zbekiston
Rog‘un GESi G‘arb beradigan pul evaziga qurib bitkaziladi

"Tojikiston hukumatining Rog‘un GESi qurilishini bitkazish rejasiga qo‘shimcha turtki berildi. O‘zbekiston-Tojikiston aloqalarining yaxshilanishi va xalqaro bozordan 500 million dollarlik mablag‘ jalb qilinishi Italiyalik qurilish pudratchi kompaniyasiga nafaqat qurilish rejasidagi ortda qolishni bartaraf etadi, balki GESning birinchi bosqichini 2018-yil oxirida bitkazishga imkon beradi", — deyilgan Yevropa taraqqiyot banki makroiqtisodiy guruhi bosh iqtisodchi axborotida.

Rog‘un GES qurilish ishlarini yakunlanishi bilan italiyalik Salini Impregilo kompaniyasi shug‘ullanmoqda. Rog‘un GESi barpo etilishiga O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qarshi bo‘lib, BMT shafeligida ushbu gidrostansiya loyihasi ekspertiza qilinishini talab qilgan. O‘zbekiston hukumati tomonidan GES qurilishi natijasida daryo oqimi pasayishi va to‘g‘on yorilgan taqdirda ekologik ofatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlangandi.

Axborot mualliflariga ko‘ra, Tojikiston hukumati tomonidan shu yil sentabr oyida Rog‘un GESi qurilishi uchun mablag‘larni jalb qilish maqsadida xorij bozorida qimmatli qog‘ozlar (eurobond) chiqarilishi istiqbolda investitsiyalar oqimini ko‘payishini tiklashi mumkin.

Tojikiston hukumati Rog‘un GESini qurish uchun mablag‘ topish maqsadida xalqaro bozorlarga 500 million dollarlik qimmatli qog‘ozlarni chiqargandi. Tojikiston milliy bankining sentabr oyi yakunidagi ma’lumotiga kshra, ushbu qog‘ozlar AQSh, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi va Osiyo davlatlari sarmoyadorlariga sotilgan.

Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon i Vrio Prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Tojikistonga boradi
O‘tgan yil oktabr oyida Tojikiston balandligi 335 metr, qiymati 1,95 milliard dollarlik ustki toshli to‘g‘on qurilish ishlarini boshlagandi. GESning umumiy qiymati — 3,9 milliard dollar deb baholanmoqda.

GESning birinchi turbinasi 2018-yil yakunida, ikkinchisi — 2019-yil boshida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu ikkita agregat yordamida ishlab chiqariladigan energiyani sotish hisobiga Rog‘un GESining keyingi qurilishi davom ettiriladi.

Yangiliklar lentasi
0