Farg‘onada AQSh dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga olindi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tekshirish jarayonida fuqaroda qalbaki 50 dollarlik kupuralardan iborat 100 dona, jami 5000 AQSh dollari mavjudligi aniqlangan.

TOShKENT, 10 apr – Sputnik. Farg‘ona viloyatida AQSh dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda bank tomonidan berilgan xabarga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Oltiariq filiali valyuta ayirboshlash shoxobchasiga fuqaro X.X. tomonidan almashtirish uchun taqdim etilgan 200 AQSh dollari qalbaki ekanligi aniqlangan.

Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda 24 kishiga qalbaki aviachipta sotgan firibgarlar qo‘lga olindi

“Tekshirish jarayonida fuqaro X.X.da qalbaki 50 dollarlik kupuralardan iborat 100 dona, jami 5000 AQSh dollari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek, X.X. ushbu qalbaki dollarlarni fuqaro X.T.dan olganligini ma’lum qilgan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan ekspertiza ushbu qalbaki AQSh dollarlari kompyuter vositasida rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston  JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh prokuratura bepushtlikni davolash uchun mo‘ljallangan qalbaki “Komaston” dori vositasi importi fosh qilgani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0