Samarqandda 24 kishiga qalbaki aviachipta sotgan firibgarlar qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tezkor tadbirlar natijasida firibgarlarning shaxsi aniqlandi. Ular 24 nafar fuqaroga Turkiya va Rossiya davlatlariga aviachipta sotishga ulgurgan.

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Samarqand shahri Kaftarxona ko‘chasida 24 kishiga qalbaki aviachipta sotgan noqonuniy aviakassa aniqlandi, deb xabar qildi Zarafshon gazetasi.

Qalbaki chipta sotib olgan fuqaro Sh.Aliqulova Rossiyaga yo‘l olgan, belgilangan vaqtda yaqinlari, qarindoshlari bilan xayr-xo‘shlashib, aeroportga kelib, chiptalarni rasmiylashtirish bo‘limiga kelganida, chipta soxtaligi aniqlangan.

Pokupka aviabileta - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda qalbaki aviachiptalarni sotgan firibgar ustidan sud hukmi o‘qildi

Shu kuni Rossiyaga uchib keta olmagan Sh.Aliqulova darhol bu haqda ichki ishlar bo‘limiga xabar qiladi.

Chipta sotib olingan joy, ya’ni Samarqand shahridagi Kaftarxona ko‘chasida bu paytga kelib aviakassaning izi ham yo‘q edi. Surishtiruv natijalariga ko‘ra, firibgarlar vaqtincha joyni ijaraga olib, aviakassa sifatida birmuncha vaqt faoliyat ko‘rsatgan.

Tezkor tadbirlar natijasida firibgarlarning shaxsi aniqlandi. Ular 24 nafar fuqaroga Turkiya va Rossiya davlatlariga aviachipta sotishga ulgurgan.

Ayni kunda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda. Jabrlanuvchilarga pullarini qaytarish ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0