TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Qozog‘iston Parlamenti Senatining spikeri, mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning katta qizi Dariga Nazarboyeva 2019-yil 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezident saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymoqchi emas. Bu haqda RIA Novosti kursiv.kz portaliga tayanib xabar qilmoqda.
“Yo‘q, Dariga Nursultanovna o‘z nomzodi qo‘ymoqchi emas”, - deya ma’lum qilgan Nazarboyevaning yordamchisi Saule Mustafayeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev qozog‘istonliklarga murojaat qilib, shu yilning 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida xabar qilgan edik.