TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Nursulton Nazarbayevning katta qizi Dariga Nazarbayeva Qozog‘iston Parlamenti Senatining yangi spikeri etib saylandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Dariga Nazarbayeva hozir 55 yoshda. U 2016-yildan buyon Qozog‘iston senati deputati sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarbayev kecha 19-mart kuni prezidentlik lavozimini tark etayotganini e’lon qilgan edi. Ayni damla Nazarbayev Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashi raisi sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Yangi prezident sayloviga qadar Qozog‘iston vaqtinchalik prezidenti vazifasini Qosim-Jomart Tokayev bajarmoqda.