TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev fuqarolarga mamlakat telekanallari orqali murojaat qiladi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, davlat rahbarining ilk murojaati mamlakat telekanallarida seshanba, 9-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00da jonli efirga uzatiladi.
Murojaat mavzusi ma’lum qilinmayapti, biroq, siyosatchilar va jurnalistlarning fikriga ko‘ra, prezident muddatidan avval saylovlar o‘tkazishni e’lon qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 19-mart kuni televidenie orqali millatga murojaat qilib, iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. Saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Kasim-Jomart Tokayev bajarib turadi.
Qozog‘istonda navbatdagi prezident saylovi 2020-yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.