DXX xodimlarining ovqatlanishi qanday tashkil etiladi?

© Sputnik / Mariya NaumenkoObazatelno sprashivayte u mestnix jiteley i drugix turistov, gde otvedat samiy vkusniy plov
Obazatelno sprashivayte u mestnix jiteley i drugix turistov, gde otvedat samiy vkusniy plov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Taomlar tarqatilishidan oldin vrach va navbatchi ularning sifatini tekshiradi.

TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Hukumat qarori bilan Davlat xavfsizlik xizmati organlari va bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na rasshirennom soveshanii s sotrudnikami SGB - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev DXX xodimlarining ustuvor vazifasini belgilab berdi

Nizomga muvofiq, autsorserlar hokimliklar tomonidan tanlab olinadi. Autsorserlar bilan shaxsiy tarkibni statsionar va dala sharoitlarida ovqatlanishini tashkil qilish bo‘yicha shartnomalar bir yilga tuziladi.

"Sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, davlat standartlariga va texnik shartlarga javob bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Taomlar tarqatilishidan oldin vrach va navbatchi ularning sifatini tekshiradi", - deyiladi hujjat matnida.

Oziq-ovqat yo‘nalishidagi obyektlar va oshxona uchun berilgan moddiy-texnik vositalar autsorserga nol qiymatda vaqtincha foydalanishga beriladi.

Yangiliklar lentasi
0