O‘zbekistonlik qiz Barak Obama bilan uchrashdi

Obuna bo‘lish
European Young Leaders under 40 hamda Buyuk Kelajak ekspertlar kengashi a’zosi Kamilla Sultanova Barak Obama bilan uchrashdi.

TOShKENT, 8 apr - Sputnik. O‘zbekistonlik Kamilla Sultanova 6-aprel kuni Berlinda AQSh sobiq prezidenti Barak Obama bilan uchrashdi.

Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obama Kongress a’zolarini Obamacare dasturini bekor qilmaslikka chorlayapti

Barak Obama o‘z fondi faoliyati doirasida, Yevropaning 300 nafar yosh yetakchilari bilan uchrashib ularning tashabbuslarini qanday qilib qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirayotgani haqida hikoya qilib berdi.

Kamilla Sultanova ushbu uchrashuvda Skandinaviya va O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etdi. Barak Obama bilan bo‘lgan qisqa suhbat davomida navbatdagi uchrashuvni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.  

Kamilla Sultanova 1984-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Maktabni AQShda, instututni  Daniyada tugatgan. Shundan so‘ng Yevropa shimolidagi kompaniyalarda ishlagan. Ayni damda nodavlat notijorat tashkilotda faoliyat yuritadi. European Young Leaders under 40 hamda Buyuk Kelajak ekspertlar tashkilotlari a’zosi. Yashash joyi - Xelsinki.

Yangiliklar lentasi
0