TOShKENT, 8-may — Sputnik. AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Kongress a’zolarini 2010-yilda amaliyotga joriy etilgan "Obamacare" dasturini bekor qilmaslikka chorlayapti, deb xabar qildi RIA Novosti.
"Men umid qilamanki, millionlab odamlar umid qiladilarki, siyosiy partiyaga a’zoligidan qat’iy nazar, bunday jasoratni amalga oshirishning hali-hanuz imkoni bor", — deb qo‘shimcha qilgan sobiq AQSh prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada kongress palatasi a’zolari "Obamacare" sog‘liqni saqlash dasturi o‘rniga yangi qonunni qabul qilish bo‘yicha ovoz bergan edilar. Endi ushbu yangi qonun loyihasi senat tomonidan ko‘rib chiqiladi. Obamacare dasturiga qarshi bo‘lgan "Respublikaliklar" partiyasi a’zolari, kongressda ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin ayrim senatorlar yangi qonun loyihasi talablariga qarshi chiqishgan.
Lekin amaliyotda bu maqsadlarga to‘liq erishilmagan. Ayrim demokratlar fikrlariga ko‘ra, yangi dasturda faqat boylar uchun soliqlar kamaytirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida sog‘liqni saqlash sohasida ish o‘rinlarini qisqarishiga hamda kam ta’minlangan aholiga tibbiy xizmatning kamayishiga olib keladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.