Kuzatuv xizmati, turizm va shartnoma – qaror loyihasi tayyorlandi

© UznewsV Buxare sozdana turisticheskaya politsiya
V Buxare sozdana turisticheskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuzatuv xizmati turistlarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini turli tajovuzlardan himoya qilish hamda ular transport vositalarida harakatlanishlari davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

TOShKENT, 6 apr  — Sputnik. "O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi.

V Mejdunarodnom aeroportu Tashkenta ustanovlen perviy Informatsionno-turisticheskiy sentr - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent aeroportida turizm axborot markazi ishga tushdi

Nizom loyihasida aytilishicha, turistlarni shartnoma asosida kuzatib borish xizmati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xavfsiz turizmni ta’minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan turistlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, piyoda va (yoki) maxsus avtotransport vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Kuzatuv xizmati turistlarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini turli tajovuzlardan himoya qilish hamda ular transport vositalarida harakatlanishlari davomida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

"Kuzatuv xizmati O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tariflarga muvofiq, to‘lov asosida amalga oshiriladi", - deyilgan hujjat loyihasida.

Moddiy madaniy meros obyektlarida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha pullik xizmatlar shartnomaviy-huquqiy asoslarda, ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida turistik faoliyatni tashkil etishga vakolatli shaxslar bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0