Toshkent aeroportida turizm axborot markazi ishga tushdi

© Press-slujba Goskomturizma Respubliki UzbekistanV Mejdunarodnom aeroportu Tashkenta ustanovlen perviy Informatsionno-turisticheskiy sentr
V Mejdunarodnom aeroportu Tashkenta ustanovlen perviy Informatsionno-turisticheskiy sentr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent aeroportida sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi axborot-turizm markazi ochildi.

TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Kecha 12-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro ayeroportida xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatish uchun mamlakatdagi birinchi axborot-turizm markazi (stendi) ishga tushdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston turizm qo‘mitasi.

Axborot-turizm markazining asosiy vazifasi – chet ellik mehmonlarning mamlakatga tashrifi qulay o‘tishi uchun barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishdir. Shuningdek, bu yerda mehmonlarga taksi, mehmonxona bron qilish, transfer, turistik sim-kartalar, axborot-turistik materiallar olish kabi xizmat turlari taqdim etiladi.

Axborot-turizm stendi 2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasida mamlakatning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida amalga oshirlgan.

Axborot markazini O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari v.b. Ulug‘bek Qosimxo‘jayev ochib berdi va ochilish marosimida jurnalistlarga ushbu tadbirning ahamiyati hamda axborot markazlarini hali butun Respublika bo‘ylab o‘rnatish rejalashtirilgani haqida ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0