TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda qo‘mitaning telegram-kanalida xabar berildi.
28 Mart 2019, 19:08
Xabarda qayd etilishicha, agar soliq xizmati xodimlari tomonidan belgilangan soliqlardan tashqari “qo‘shimcha yig‘imlar” va “kelishuv” evaziga ta’magirlik holatlariga duch kelinsa, zudlik bilan Davlat soliq qo‘mitasining telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi. (+99871) 244-98-98; (+99871) 244-98-00; (+99871) 244-98-71; 1198.
“Har bir murojaatingiz Davlat soliq qo‘mitasining O‘z xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda murojaat muallifi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi”, - deyilgan DSQ matbuot xizmati xabarida.