TOSHKENT, 28 mar – Sputnik. Kecha, 27 mart kuni internetda tadbirkor soliq organi xodimi bilan tortishayotgani aytilgan video tarqaldi. Voqea Toshkentdagi “Oʻrikzor savdo majmuasi”da yuz bergan.
Oʻzbekiston Davlat soliq qoʻmitasi mazkur videodagi Murodjon Egamberdiyev soliq idoralari xodimi emasligini maʼlum qildi.
DSQ matbuot xizmati maʼlumotga koʻra, voqea qahramoni Uchtepa tuman hokimiyati iqtisodiy boʻlim xodimi.
Maʼlum boʻlishicha, u mahalliy hokimliklar qoshida soliq organlariga halol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va shaffofligini taʼminlash uchun koʻmak koʻrsatish maqsadida tashkil etilgan jamoat guruhlari ishi doirasida harakat qilgan.
Qayd etilishicha, vaziyat keragicha oʻrganilmay, ushbu videorolik ijtimoiy tarmoqqa tarqatib yuborilgan va bu, oʻz navbatida soliq xizmatlari imijiga salbiy taʼsir qilgan.
DSQ yolgʻon axborot tarqatish tuxmat qilish uchun javobgarlik borligini eslatib oʻtgan.