TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moskvaga tanklarda kirib kelishni va’da qilgan Ukraina Infratuzilma vaziri Vladimir Omelyanning bayonotiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
“Qadrli o‘rtoq, “ittifoqdoshlaringiz bilan birga tanklarda” bo‘ladigan Moskva Aydaho shtatida joylashgan. Shunday ekan, qo‘shiq kuylab, olg‘a bosing!”, - deya yozgan Zaxarova Facebook᾽dagi sahifasida.
Avvalroq Ukraina Infratuzilma vaziri Vladimir Omelyan Rossiya bilan yagona transport maydonini yaratish to‘g‘risidagi tashabbusni izohlab turib, u “ittifoqdoshlari bilan birga” tanklarda Moskvada albatta bo‘lishini ma’lum qilgan edi.