Zaxarova NATOning Putin murojaatnomasiga munosabatini “asabiy” deb baholadi

Obuna bo‘lish
Kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yig‘inga yo‘llagan yillik murojaatnomasida AQSh O‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yo‘q qilish to‘g‘ridagi shartnomani buzayotganini haqida to‘xtalib o‘tgan edi.

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Facebook᾽dagi sahifasida NATOning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Federal yig‘inga yo‘llagan murojaatnomasiga bo‘lgan munosabatini kinoya bilan izohladi.

Rossiya yetakchisi Amerika yadro quroli Yevropada joylashtirilsa, Rossiya ham bunga mos javob qaytarishini ma’lum qildi. NATO rasmiy vakilining o‘rinbosari Pirs Kazalet “Rossiyaning ittifoqchilarini nishonga olish tahdidi haqidagi bayonoti”ni muvofiq kelmaydigan deb atadi. Shuningdek, NATO yangi qurollanish poygasini xohlamasligini qo‘shimcha qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Yejegodnoe poslanie prezidenta RF V. Putina Federalnomu Sobraniyu - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Yevropada qurol joylashtirsa, Rossiya o‘z raketalarni AQShga yo‘naltiradi - Putin

“Nega darrov asabiylashish kerak. Roppa-rosa bir yil oldin g‘arbdagi sheriklar eng yangi turdagi qurollar “rus multiklari”dan qo‘rqmasa ham bo‘ladi, bu barchasi Kremlning uydurmasi, deb bir-biriga gal bermay ma’lum qilishgandi. Endi esa birdagina “obyektivda” ekanliklarini “tushunib”,  hattoki, u nimaga biriktirib qo‘yilganini ham “fahmlay” boshlashdimi?, - deya yozgan Zaxarova. – Nahotki, NATO kengaytirilishi, AQShning raketa qarshi mudofaadan chiqishi, Amerika harbiy qismlarining Yevropada ko‘payishi va G‘arbning suveren davlatlarning ichki ishlariga tez-tez aralashishidan keyin ham ular bilan selfi tushishimizni o‘ylashgan bo‘lsa”.

TIV rasmiy vakili Zaxarova prezident Putin “sheriklar agressiv harakatlar” qilganda, unga javob mos ravishda bo‘lishi haqida gapirganini eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0