Moskvadan uchib kelgan yo‘lovchi telefonida o‘ta xavfli videolar aniqlandi

© Foto : pixabay.comMobilniy telefon
Mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert xulosasiga ko‘ra, aniqlangan audio va video lavhalar aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallar ekanligi tasdiqlandi.

TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Urganch xalqaro aeroportida Moskvadan kelgan yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning telefonida ko‘plab aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib videolar aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.   

KPP  - Sputnik O‘zbekiston
Dron, viski va oyoq qismiga skotchlab yashirilgan telefonlar: bojxona tekshiruvi

Xabarda aytilishicha, “Moskva-Urganch” aviareysi bilan uchib kelgan fuqaro Sh.M “yashil yo‘lak” orqali harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi.

Shundan so‘ng, fuqaro xolislar ishtirokida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilganida, uning uyali telefoni xotirasidan 81 dona diniy mazmundagi audio eshittirish va 143 dona diniy mazmundagi video lavhalar borligi aniqlandi.

Ekspert xulosasiga ko‘ra, aniqlangan audio va video lavhalar aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallar ekanligi tasdiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0