Mo‘’jiza: britaniyalik ayol homilador ekanini tug‘ishidan 45 daqiqa oldin bildi

CC0 / Pixabay / Beremennaya, arxivnoe foto
Beremennaya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniyalik Glazgo Emmaluiz Leggeyt homilador ekanini tug‘ishidan 45 daqiqa oldin bildi.

TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Buyuk Britaniyada istiqomat qiladigan Glazgo Emmaluiz Leggeyt homilador ekanini tug‘ishidan 45 daqiqa oldin bildi. Bu haqda The Mirror nashri xabar qildi. 

Beremennaya jenshina - Sputnik O‘zbekiston
Tabiat mo‘’jizasi: ayol bir oyda ikki marta tug‘di

Xabarda aytilishicha, 18 yoshli Emmaluizning bir farzandi bo‘lib, ikkinchisi haqida mutlaqo o‘ylamayotgan edi.

Emmaluizning eslashicha, bunga qadar u biroz to‘lishgan va ozishga bir necha bor harakat qilib ko‘rgan. Ammo homiladorlikni bildiradigan hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan.

“Menda homiladorlikni hech qanday alomatlar yo‘q edi. Mutlaqo. Hatto doktorlar ham nima uchun qornim kattalashmaganini ayta olishmayapti”, — deydi Emmaluiz Leggeyt.

Bundan tashqari, Emmaluiz Leggeyt homiladorlikdan saqlanish uchun maxsus dorilarni muntazam iste’mol qilib kelgan.

Britaniyalik ayolda qiz farzand dunyoga keldi.

Eslatib o‘tamiz, bangladeshlik ayol birinchi farzandini tuqqach, 26 kundan so‘ng yana egizaklarni dunyoga keltirgani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0