Dunyoda

Tabiat moʻʼjizasi: ayol bir oyda ikki marta tugʻdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Birinchi farzand fevral oyining oxirida tugʻildi, bir oydan oʻtgach, shu ayol yana oʻgʻil va qizni dunyoga keltirdi.

TOSHKENT, 28 mar – Sputnik. Bangladeshlik ayol birinchi farzandini tuqqach, 26 kundan soʻng yana egizaklarni dunyoga keltiradi. Bu haqda AsiaOne nashri xabar qildi.

Anastasiya Orlova - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyalik shifokor ichki kiyimidagi fotosessiyasi uchun keskin tanqidga uchradi

20 yoshli Arif Sultona birinchi farzand fevral oxirida tugʻadi. Biroq bir oydan oʻtgach, 22 mart kuni yana shifoxonaga tushadi. Shifokor koʻrigidan soʻng, unda yana ikkita bola borligi maʼlum boʻldi.

U yerda yosh ona yana oʻgʻil va qizni dunyoga keltiradi. Sodir boʻlgan holat moʻʼjizaga oʻxshaydi.

Shifokorlar ayolda noyob anomaliyani, yaʼni unda ikkinchi bachadon borligini aniqlashadi.

26 mart kuni Sultona shifoxonadan ikkita chaqaloq bilan uyga qaytdi.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval oʻz qobiliyati bilan aqshlik ayol hammani hayratga solgandi. Bu ayol toʻqqiz daqiqa ichida olti nafar farzandni dunyoga keltirgandi.

Yangiliklar lentasi
0