Dunyoda

Venesuelada Guaido ustidan sud boshlandi

© Sputnik / Marko Belo / Mediabankka oʻtishVstrecha X. Guaido s jitelyami Karakasa
Vstrecha X. Guaido s jitelyami Karakasa - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Hozirda jinoiy ish Venesuela Oliy sudi va bosh prokurori nazorati ostida.

TOSHKENT, 4 apr - Sputnik. Venesuelada Xuan Guaido ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda RIA Novosti Milliy taʼsis majlisining huquq masalalari boʻyicha komissiya rahbari Xulio Garsiya Serpa soʻzlariga tayanib xabar qilmoqda.

Uning aytishiga koʻra, hozirda jinoiy ish Venesuela Oliy sudi va bosh prokurori nazorati ostida.

Glava Natsionalnogo sobraniya Venesuelы i lider oppozitsii Xuan Guaido - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Vaqti keldi: Guaido Maduroni “agʻdarish” sanasini belgiladi

“U barcha qilgan ishlari uchun javob berishi shart. U vatan xoinligi uchun javob berishi lozim”, - deya taʼkidladi Serpa.

Seshanba kuni Milliy taʼsis majlisi muxolifat yetakchisi Xuan Guaidoga nisbatan jinoiy ish jarayonini davom ettirishni maʼqullagan edi.

Shuningdek, majlis rahbari Diosdado Kabelo bu Guaido deputatlik daxlsizligidan mahrum etilganini anglatishini maʼlum qilgan edi.

Venesuelada davlat toʻntarilishi boshi berk koʻchaga kirib qoldi

2019 yilning yanvarida Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaido oʻzini muvaqqat prezident sifatida eʼlon qilgan edi. Guaidoni AQSH va boshqa oʻnlab davlatlar qoʻllab-quvvatlagan. Rossiya, Xitoy va ayrim davlatlar esa Venesuelaning qonuniy prezidenti Maduroni qoʻllab-quvvatlashda davom etishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0