TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaido o‘zining Twitter’dagi sahifasida 6-aprelni “Ozodlik operatsiyasi” deb e’lon qildi.
Guaidoning ma’lum qilishicha, shu kuni mamlakat bo‘ylab Venesuelaning qonuniy prezidenti Nikolas Maduroning rejimini ag‘darishga qaratilgan “taktik harakatlar” o‘tkaziladi.
“6 aprel kuni butun mamlakat bo‘ylab “Ozodlik” operatsiyasining birinchi taktik harakatlari bo‘lib o‘tadi. Shu kuni biz allaqachon shakllantirilgan ozodlik va yordam qo‘mitalari bilan tayyor va uyushgan holda bo‘lishimiz lozim”, - deya yozgan u.
Biroq u oppozitsiya aniq nima qilish niyatida ekanligiga oydinlik kiritmagan.
2019 yilning yanvarida Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaido o‘zini muvaqqat prezident sifatida e’lon qilgan edi. Guaidoni AQSh va boshqa o‘nlab davlatlar qo‘llab-quvvatlagan. Rossiya, Xitoy va ayrim davlatlar esa Venesuelaning qonuniy prezidenti Maduroni qo‘llab-quvvatlashda davom etishmoqda.