TOShKENT, 4 apr - Sputnik. Termizda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida birinchi Xalqaro baxshichilik festivaliga tayyorgarlik ishlari jadal ketmoqda, deb xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Shaharda madaniyat va infratuzilmalar obyektlari tayyorlangan – tashrif uchun Termiz arxeologiya muzeyi ochilgan, shahar ayeroportining yangi terminali ishga tushmoqda, markaziy ko‘chalar obodonlashtirildi, jamoat joylarida sanitariya-gigiyena obektlari o‘rnatilgan.
Qisqa vaqt ichida, Termizdagi "Bolajon" madaniyat va istirohat bog‘ida har bir viloyatning milliy qiyofasi - xalq amaliy va tasviriy san’ati namunalari, milliy taomlar va liboslar aks ettirilgan O‘zbekiston viloyatlarining ko‘rgazmali stendlari o‘rnatilgan.
Sayyohlarga ko‘mak tariqasida va xavfsizlik maqsadida esa shaharda festival vaqtida turistik politsiya ishlaydi.
Bundan tashqari, festivalni tezkorlik bilan yoritish uchun Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazida dunyoning 20 mamlakatidan 30dan ortiq jurnalistlar, shuningdek O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari ishlaydigan matbuot markazi tashkil etilgan.