Putinning maslahatchisi: Rossiyadagi o‘zbekistonliklar muammolari endi chuqur o‘rganiladi

© Press slujba zakonodatelnoy palati Oliy MajlisaPodpisanie memoranduma RF i Uzbekistana po sotrudnichestvu v sfere zashiti prav cheloveka
Podpisanie memoranduma RF i Uzbekistana po sotrudnichestvu v sfere zashiti prav cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha Kengashi raisi Mixail Fedotov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Toshkent shahriga keldi.

TOShKENT, 3 apr - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "Chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazlarida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar imkon qadar tezroq o‘z uylariga qaytishlaridan barchamiz manfaatdormiz. Bugun biz imzolagan memorandum mana shunday, oddiy, ammo insonlar uchun juda muhim bo‘lgan masalalar yechimi sari qo‘yilgan hamkorlik qadami hisoblanadi", dedi chorshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya yuridik forumi davomida RF prezidenti maslahatchisi Mixail Fedotov.

Inostranniy rabochiy kurit - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar og‘riq chidab bo‘lmas darajaga yetgandagina shifokorga murojaat qilishadi - Poletayev

3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida "Inson huquqlari madaniyati rivojlanishining dolzarb muammolari: O‘zbekiston va Rossiya tajribasi" mavzusida O‘zbekiston-Rossiya yuridik forumi o‘tkazildi. Tadbir platformasida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Markazi va Rossiya prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha Kengash o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Rossiya prezidenti maslahatchisi ushbu memorandumning ikki davlat fuqarolari uchun ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, endilikda Rossiyada mamlakat fuqarolari huquqlari qanday himoya qilinsa, O‘zbekiston fuqarolari huquqlari ham shu darajada muhofaza qilinishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

© Press slujba zakonodatelnoy palati Oliy MajlisaPodpisanie memoranduma RF i Uzbekistana po sotrudnichestvu v sfere zashiti prav cheloveka
Putinning maslahatchisi: Rossiyadagi o‘zbekistonliklar muammolari endi chuqur o‘rganiladi - Sputnik O‘zbekiston
Podpisanie memoranduma RF i Uzbekistana po sotrudnichestvu v sfere zashiti prav cheloveka

"Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari soni anchagina. Ular turli masalalar bilan Rossiyaga kelganlar: kimdir ilmiy masalada, yana kimlardir oilaviy sabablarga ko‘ra. Mehnat masalalari bo‘yicha kelganlar soni ham anchagina. Shunday ekan, bu insonlarning har birida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, men regionlarimizdagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazlariga tez-tez borib turaman. Va u yerda ko‘plab turli davlatlar fuqarolarini uchrataman. Deylik, afrikaliklar, Lotin Amerikasi fuqarolari hamda boshqa davlat fuqarolarini. Bu yerda vaqtinchalik saqlanayotgan shaxslar oddiy muammoga duch kelishgan. Ya’ni chet el fuqarolari ayni vaqtda kuchini yo‘qotmagan pasportga ega emas yoki bu hujjatni yo‘qotgan. Shunday ekan, u qanday qilib o‘z uyiga qaytadi, degan savol yuzaga keladi. Bu uchun esa o‘sha fuqaro vatanga qaytish huquqini beruvchi ma’lumotnomani qo‘lga kiritishi lozim. Bu ma’lumotnomani unga o‘z mamlakati Tashqi ishlar vazirligi orqali oladi.

Ayrim konsulliklar tez ishlaydilar, ba’zilari bu uchun elektron pochtadan foydalanadilar, ayrimlari esa "yo‘q, biz faqat dippochtadan foydalanishimiz mumkin" deb aytishadi. Vaholanki, bu turdagi ma’lumotnomada maxfiy ma’lumot yo‘q. Shunday ekan, ortiqcha muammolarni yuzaga keltirishning nima keragi bor? Muammolar esa odamlar uchun yuzaga keltiriladi. Negaki, deylik, bir necha kundan so‘ng, RF tomonidan moliyalashtirilishi evaziga o‘z uyiga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan shaxs, buning o‘rniga chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida yashashga majbur bo‘ladi. To‘g‘ri, u yerda qulf ostida bo‘lsa ham, sharoitlar qilingan, shunday bo‘lsada, u yer maroqli hordiq chiqaradigan maskan emas, baribir", - dedi Fedotov va bunday shaxslarni tezroq uyiga qaytarishdan bugungi kunda hamma manfaatdorligini qo‘shimcha qildi.

Ishonamanki, Akmal Xolmatovich (Saidov, tahr.) bilan birgalikda bu kabi, juda oddiy, ammo insonlar uchun muhim bo‘lgan masalalar yechimida hamkorlik qilamiz. Bugun imzolagan memorandumimiz oldida turgan vazifalardan biri mana shundan iborat, dedi Rossiya prezidenti maslahatchisi.

Yangiliklar lentasi
0