FIFA reytingi: O‘zbekiston yuqorilashda davom etmoqda

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu na China Cup 2019
Sbornaya Uzbekistana po futbolu na China Cup 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FIFA 2019-yil aprel oyi uchun terma jamoalar reytingini e’lon qildi.

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekiston milliy jamoasi FIFAning 2019-yil aprel oyi uchun terma jamoalar reytingida 4 pog‘ona yuqoriladi.

Ilgari 89-o‘rindan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi endilikda 85-o‘rinni egallab turibdi.

Vo vremya matcha 25-go tura Chempionata Rossii po futbolu sredi klubov Premyer-ligi mejdu FK Zenit (Sankt-Peterburg) i FK Tom (Tomsk). - Sputnik O‘zbekiston
Ikrom Aliboyevning goli OChL tarixida eng chiroyli gol bo‘lishi mumkin

Osiyo jamoalari ichida esa O‘zbekiston Livanni ortda qoldirib, 11-pog‘onaga chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi.

Jahon reytingidagi yetakchilikni Belgiya milliy jamoasi qo‘ldan boy bermasdan kelmoqda. Birinchi uchlikka Fransiya va Braziliya ham kiritilgan. Angliya milliy jamoasi Xorvatiyadan o‘zib ketib, 4-o‘ringa, Urugvay esa Portugaliyani ortda qoldirib 6-o‘ringa chiqib olgan. O‘nlikdagi boshqa jamoalar – Shveysariya (8-o‘rin), Ispaniya (9) va Daniyaning (10) o‘rni o‘zgarmay qolgan.

Bor e’tiborimiz Jahon chempionati saralashiga qaratilgan - Ektor Kuper

Shuningdek, FIFA reytingining yangi talqinida Osiyo jamoalari reytingidagi yuqori o‘nlik o‘zgarmay qolgan. Unda umumiy reytingda 21-o‘rindagi Eron milliy jamoasi yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlardan Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Iroq, Suriya terma jamoalari o‘rin olgan. O‘zbekiston Suriyadan keyin 85-o‘rindan joy olgan.

Yangiliklar lentasi
0