Ikrom Aliboyevning goli OChL tarixida eng chiroyli gol bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishVo vremya matcha 25-go tura Chempionata Rossii po futbolu sredi klubov Premyer-ligi mejdu FK "Zenit" (Sankt-Peterburg) i FK "Tom" (Tomsk).
Vo vremya matcha 25-go tura Chempionata Rossii po futbolu sredi klubov Premyer-ligi mejdu FK Zenit (Sankt-Peterburg) i FK Tom (Tomsk). - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Lokomotiv” o‘yinchisi Ikrom Aliboyevning goli Osiyo chempionlar ligasining eng chiroyli goli tanlovida finalga chiqdi.

TOShKENT, 3 apr – Sputnik. O‘zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboyev 2018-yilda "Al-Ittixad" darvozasiga urgan goli OChL tarixida eng chiroyli gollar tanlovi finaliga chiqdi, deb xabar qildi O‘FA.

Toshkentda 2018-yilning 12-fevralida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Lokomotiv BAAning "Al-Vaxda" jamoasi ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Ikrom Aliboyevning stadior markazidan turib bergan kuchli zarbasi, davozabon boshi ustidan uchib o‘tib, to‘g‘ri raqib darvozasiga ravona bo‘lgan edi.

AFC so‘nggi 16-yilda o‘tkazilgan musobaqalar orasida 16 ta eng chiroyli golni tanlab olib muxlislardan ularga ovoz berishni so‘ragan. Yarim finalga ovoz berish bugun soat 10:00 da yakuniga yetgan. Unga ko‘ra Andranik Teymuran (93% ovoz) va Ikrom Aliboyevning (97%) gollari finalga chiqishgan.

Yangiliklar lentasi
0