Rossiyaning eng xavfli hududlari ma’lum qilindi

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishPeterburgskiy OMON otmechayet 20-letie sozdaniya podrazdeleniya
Peterburgskiy OMON otmechayet 20-letie sozdaniya podrazdeleniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada 2018-yilda qariyb ikki millionta jinoyat sodir etilgan.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Rossiyada 2018-yilda eng ko‘p jinoyat Moskva shahrida sodir etildi. Bu haqda RT Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga asoslanib xabar qilmoqda.

2018 yilda Rossiya poytaxti Moskvada 140 mingta jinoyat qayd etilgan. Moskva viloyati 80,2 mingta jinoyatlar soni bilan ikkinchi o‘rindan joy olgan. Eng ko‘p sodir etilgan jinoyatlar soni bo‘yicha Krasnodar o‘lkasi (68,1 mingta) uchinchi o‘rinni egallagan.Chelyabinsk oblasti (64,8 mingta) va Boshqirdiston Respublikasi esa (57,4 mingta) keyingi pog‘onalardan o‘rin olgan.

Nochnoy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sayohat qilish uchun eng xavfsiz bo‘lgan davlatlar beshligiga kiritildi

Ma’lum bo‘lishicha, eng kam jinoyat Chukotkada sodir etilgan va eng xavfsiz hudud deb e’tirof etilgan. Bu yerda 2018-yilda 748 ta huquqbuzarlik holati sodir etilgan. Ikkinchi o‘rinda Nenes muxtor okrugi (857 ta jinoyat). Ingushetiya 1,6 mingta huquqbuzarlik ko‘rsatkichi bilan eng xavfsiz mintaqalar uchligiga kiritildi. Keyingi o‘rinlarga Qalmog‘iston Respublikasi (2,7 ming) va Magadan oblasti (2,9 ming) sazovor deb topildi.

2018 yilda jami 1,9 millionta jinoyat sodir etilgani qayd etilgan. Qayd etish joizki, bu 2017-yilga qaraganda 3,3 foizga kam.

Jinoyatlarning yarimidan ko‘pi o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish ekanligi ma’lum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0