O‘zbekiston sayohat qilish uchun eng xavfsiz bo‘lgan davlatlar beshligiga kiritildi

© RoskosmosNochnoy Tashkent
Nochnoy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Wegoplace internet xizmati mutaxassislari Solo Travel Safety Report 2019 hisoboti natijalari bo‘yicha eng xavfsiz bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

TOShKENT, 24 yanv - Sputnik. Sayohatchilar uchun mo‘jallangan Wegoplace internet xizmati mutaxassislari  Solo Travel Safety Report 2019 hisoboti natijalari bo‘yicha eng xavfsiz bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Reyting ma’lumotlariga ko‘ra, sayohat uchun eng xavfsiz davlat sifatida Singapur ko‘rsatilgan. Undan keyingi qatorlardan Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya joy olgan. Beshinchi pog‘onada O‘zbekiston ko‘rsatilgan.

Gur-Emír — mavzoley Tamerlana (Amira Timura) i yego semi (Timuridov) v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
The New York Times nima sababdan O‘zbekistonga tashrif buyurishni tavsiya qildi

Shuningdek, mutaxassislar Gonkong, Shveysariya, Kanada, Indoneziya va Daniyada ham sayohat qilish xavfsiz ekanligini ta’kidlashgan.

Shu bilan birga, ekspertlar eng xavfli davlatlar ro‘yxatini ham tuzgan. Ularning ichida dastlabki qatorlarni Venesuela, Afg‘oniston va Janubiy Sudan egallagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya TIV O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarni chegaraga yaqin hududlardagi xavflardan hamda ko‘cha jinoyatchiligidan ehtiyot bo‘lishga chaqirgani haqida xabar qilgandik.

Yangiliklar lentasi
0