TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Bugun Seulda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Koreya bosh vazirlari o‘rinbosarlari uchrashuvi doirasida “O‘zavtosanoat” AJ, “General Motors” va “GM Korea Supplier Association” kompaniyalari o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Memorandumda aytilishiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish maqsadida GM Uzbekistan yangi avtomobillari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga koreyalik ishlab chiqaruvchilarni jalb qilishga kelishib olishgan.
Kompaniyalar ushbu ishni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlaridan foydalanishadi. Loyihalarni amalga oshirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb qilishga katta e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda 2019-yilning iyun oyida ehtiyot qismlar yetkazib beruvchilar simpoziumi o‘tkazish haqida kelishib olishdi. Simpozium doirasida koreyalik hamkorlarga O‘zbekistonda biznes yuritish uchun barcha imkoniyatlar yaratib berish va’da berilgan.