Yoqutistonda O‘zbekistondan noqonuniy migratsiya tashkil qilganlar sudlandi

© Sputnik / Bolot Bochkarev / Mediabankka o‘tishSilnie morozi v Yakutii
Silnie morozi v Yakutii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan mehnat migrantlarini Yoqutistonga noqonuniy olib kelgan fuqarolar jazolandi.

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Yoqutiston shahar sudi O‘zbekistondan noqonuniy migratsiya tashkil qilgan fuqarolar ustidan hukm chiqardi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Yoqutiston FSBsiga asosan.

Saxa (Yoqutiston) Respublikasi rahbari Yegor Borisov - Sputnik O‘zbekiston
Yoqutiston rahbari migrantlarni ishga olmaslikka chaqirdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2017-yilning yozida IIV va FSB xodimlari birgalikda o‘tkazilgan reyd chog‘ida Magan posolkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan chaylalarda yashayotgan noqonuniy migrantlar guruhini aniqlagan.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Janubiy Osetiyalik fuqaro mahalliy hukumatdan 8 gektar yer olib u yerda ishchilar uchun noqonuniy turar joylar barpo etadi. Shundan so‘ng u o‘zbekistonlik ayol bilan til biriktirib noqonuniy migratsiya kanalini tashkil qiladi.

O‘zbekistonlik ayol o‘z taklifiga binoan kelgan mehnat migrantlari kerakli hujjatlar rasmiylashtirmagan holda Yoqutiston hududida noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadi.

"Sud ushbu ikki fuqaroni Rossiya Jinoyat kodesining 322.1 moddasining 2 bo‘limiga asosan aybdor deb topib 4-yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosi chiqardi.Yoqutistonda noqonuniy yashayotgan mehnat migrantlari deportatsiya qilindi", - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin qirg‘izistonlik bir necha mehnat migrantlari Yoqutistonlik qizni o‘g‘ilab ketgan edi. Ushbu jinoyat katta shov-shuvga sabab bo‘lgan va Yoqutistonda mehnat migrantlari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari cheklab qo‘yilgan edi. 

Ma’lumot uchun, Rossiyada har bir viloyat yoki federal okrug mehnat migratlari har oy to‘laydigan patent to‘lovlari miqdorini mustaqil ravishda belgilash huquqiga eag. FMX ma’lumotiga ko‘ra, eng baland patent to‘lovlari Yoqutistonda – 9335 rubl, Yamal-nenesk Avtonom okrugida – 8845 rubl, Nenesk avtonom okrugida – 8060 rubl qayd etilgan. Migrantlar soni eng ko‘p bo‘lgan Moskva shahrida patent to‘lovi 5000 rubl miqdorida, Sankt – Peterburgda 3800 rubl miqdorida belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0