Toshkentda “Bek To‘pi” bozori sobiq rahbari hibsxonada vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishKolyuchaya provoloka
Kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahbus Shukrillaxon Ergashevning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Toshkentda “Bek To‘pi” bozori sobiq rahbari 57 yashar Shukrillaxon Ergashev tergov izolyatorida vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti O‘zbekiston Bosh prokuraturasi vakiliga tayanib xabar qildi.

“Ergashev 30-mart kuni o‘tkir miokard infarkt, o‘tkir yurak qon tomir va o‘pka yetishmovchiligi tashxisi bilan vafot etdi”, - deya ma’lum qilgan Bosh prokuratura vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gumon qilinuvchi 06-fevraldan boshlab hibsxonaning Davolash-profilaktik yordam ko‘rsatish bo‘limida davolangan.

Mahbus Shukrillaxon Ergashevning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda ushbu holat bo‘yicha Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘yicha Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, deya qo‘shimcha qilgan Bosh prokuratura vakili. 

Rinok Abu-Saxiy v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston
"Bozor ishi" bo‘yicha 23 nafar shaxs ko‘plab jinoyatlarda ayblanmoqda

Sentabr oyida Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahridagi Savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish departamenti va “Bek to‘pi savdo kompleksi”, “Chorsu buyum savdo kompleksi”, “Chilonzor buyum savdo majmuasi”, “O‘rikzor savdo kompleksi” bozorlari, “Eski Jo‘va dehqon bozori”, “Yunusobod dehqon bozori” dehqon bozorlari va “Sergeli avtotransport va ehtiyot qismlari bozori” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish tergov qilinayotgani haqida ma’lumot berilgan.

Iqtisodiyot asoslariga qarshi qator jinoyatlar sodir etgan 7 ta bozor rahbarlariga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Ushbu holatlar bo‘yicha Savdo va bozorlar departamentining mansabdor shaxslariga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan ko‘p miqdorda talon-toroj qilish) bilan ayblov qo‘yildi va ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Avvalroq Bosh prokuratura matbuot xizmati Sputnik agentligiga Toshkent shahar hokimi sobiq maslahatchisi va "Ippodrom" rahbari ustidan jinoyat ishi sudga oshirilgani haqida ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0