TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Toshkent shahar hokimi sobiq maslahatchisi va "Ippodrom" rahbari ustidan jinoyat ishi sudga oshirildi. Bu haqda Sputnik agentligiga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, "Bozor ishi" bo‘yicha hozircha 23 nafar turli lavozimdagi shaxslar jinoyat ishida Jinoyat kodeksining o‘nlab moddalarida ayblanmoqda.
Cudlanuvchilar orasida Toshkent shahar hokimining sobiq maslahatchisi Rovshan Abdumajitov ham bor. U tovlamachilik, o‘zlashtirish, mansab vakolatini suistte’mol qilish, firibgarlikda ayblanmoqda. Abdumajitovning o‘g‘li Bekzod ham aybdor sifatida ko‘rilmoqda.
Sudya Sarvar Karimov raisligida Toshkent shahar Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida ko‘rilayotgan sud ishida Toshkent sayohat servis sobiq direktori M. Mo‘minovga nisbatan ham sud-tergovi o‘tkazilmoqda.
Bu sud ishi davomida Djamalov Sadriddin Azamatovichga esa Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish ya’ni, Jinoyat kodeksining 248-moddasi tartibida aybdorlik masalasi ham ko‘rilmoqda.