Donald Trampning Rossiya bilan til biriktirgani o‘z isbotini topmadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite "Gruppi dvadsati" v Gamburge
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v sammite Gruppi dvadsati v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh maxsus prokurori Robert Muller o‘zining “Rossiya ishi” bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. AQSh Maxsus prokuror Robert Muller Donald Tramp va uning xodimlari 2016-yilgi saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirganini isbotlovchi dalillarni topa olmadi. Bu haqda RIA Novosti AQShning Adliya vazirligiga tayanib xabar qildi.

Maxsus prokuror Robert Mullerning ta’kidlashicha, Tramp shtabining Demokratik partiyasi a’zolarining kompyuterlarini buzishga aloqasi bo‘lmagan. Prokuror bu ayblov uchun javobgarlikni “Rossiya hukumati nazorati ostida bo‘lgan xakerlar” zimmasiga yukladi.

Vstrecha prezidenta Rossii Vladimira Putina i prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashmasligi mumkin – OAV

Muller o‘zining ikki yillik tergovi davomida Rossiya ikki usul bilan saylovlarga ta’sir ko‘rsatishga uringanini aniqladi.

Maxsus prokuror uning “Rossiya ishi” bo‘yicha hisobotida Tramp jinoyat sodir etganligi haqida xulosalar mavjud emasligini aytdi. Biroq uni oqlamasligini qo‘shimcha qildi. Xususan, prokuror Tramp adolat o‘rnatishga xalal berishga urindimi, degan savolga javob berishga qiynaldi.

AQSh Adliya vazirligi Muller hisobotidagi yangi ma’lumotni e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni bu qonunga zid emasligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng qabul qiladi.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Pompeo Putin va Tramp o‘rtasida muhokama qilinadigan eng muhim masalalarni ma’lum qildi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda hozircha Muller tergovi yakunlari bilan tanishib chiqishmaganligini ma’lum qildi.

“Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashuvi” ishi ikki yildan oshiq vaqt davomida o‘rganildi. Maxus prokuror Robert Muller Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashuvi, shuningdek, Donald Tramp shtabi Kreml bilan 2017-yilning mayida ehtimolli til biriktirishini surishtirgan.

Yangiliklar lentasi
0