Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi besoqolboz-prezident bo‘lishiga qarshi emas

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishOfitsialnaya rezidensiya prezidenta SShA - Beliy dom v Vashingtone
Ofitsialnaya rezidensiya prezidenta SShA - Beliy dom v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaliklarning ushbu masalaga nisbatan munosabati o‘n uch yil oldingiga ko‘ra jiddiy o‘zgargan. O‘sha vaqtda so‘rovda qatnashgan amerikaliklarning uchdan bir qismi gey yoki lesbiyanka nomzodga mutlaqo qarshi ekanliklarini aytgandilar

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. AQShning aksariyat aholisi mamlakat prezidenti postini gey egallashiga qarshi emas. NBC News/Wall Street Journal tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatmoqda.

AQSh Mudofaa vazirligi - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon harbiy xizmatchiga gey-paradda formada qatnashishga ruxsat berdi

Shu tariqa, so‘rovda qatnashganlarning 54 %i, noan’anaviy oriyentatsiyaga ega nomzodlarga ijobiy qarashini bildirgan bo‘lsa, yana 14 %i bunday nomzodni "zavq-shavq" bilan qabul qilishini aytgan.

Ushbu so‘rov Saut-Bend (Indiana shtati) shahar meri Pit Buttidjich 2020-yilda shtkaziladigan prezident saylovlari kampaniyasida ishtirok etish rejasi haqida ma’lum qilgach, o‘tkazilgan. Siyosatchi geyligini jamoatchilikdan yashirmaydi va u o‘zining noa’nanaviy oriyentatsiyasi haqida 2015-yilda ma’lum qilgan.

Amerikaliklarning ushbu masalaga nisbatan munosabati 2006-yildan jiddiy o‘zgardi. O‘sha vaqtda so‘rovda qatnashganlarning uchdan bir qismidan ortig‘i ular gey yoki lesbiyanka nomzodga mutlaqo qarshiliklarini bildirgan edilar.

Yangiliklar lentasi
0