Inson qachon voyaga yetadi?

CC0 / pixabay / Molodie lyudi seluyutsya
Molodie lyudi seluyutsya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mutaxassislar inson miyasi va asab tizimi ustida qator izlanishlar olib borishdi.

TOShKENT, 1 apr - Sputnik. Olimlar inson qachon chinakam ravishda ulg‘ayishini aniqlashdi. Bu haqda The Independent nashri xabar qilmoqda.

Kembrij universiteti olimlarining ma’lum qilishicha, inson 30 yoshda voyaga yetar ekan. Ularning fikriga ko‘ra, inson 18 yoshda voyaga yetish borasida farazlar noto‘g‘ridir.

Indianka smotrit na ekran svoyego mobilnogo telefona vo vremya sbora urojaya krasnogo persa v Gandinagare, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Qalampirni xush ko‘ruvchilar uzoq umr ko‘rishadi(mi)?

Mutaxassislar miya va asab tizimi ustida qator izlanishlar olib borib, inson chinakam ravishda 30 yoshda voyaga yetishi to‘g‘risidagi xulosaga kelishdi.

Kembrij universiteti professori Piter Jons inson 30 yoshga qadam qo‘ygandan so‘ng uning miya va asab tizimlari to‘liq shakllanishini ma’lum qildi. Uning aytishiga ko‘ra, miyada muhim o‘zgarishlar faqatgina o‘smirlik davrida yuzaga kelib qolmay, ko‘p yillar davomida ham kuzatiladi. Ushbu o‘zgarishlar nafaqat inson xulq-atvoriga, balki uning ruhiy sog‘ligiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun 30 yoshga kirganlarni ulg‘aygan deb hisoblash kerakligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0