TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Qizil qalampirni muntazam iste’mol qiluvchi kishilar kam hollarda yurak-qon tomir, nafas olish tizimi va xatarli o‘simtalar muammolariga duch kelishadi, deb yozadi “KP”.
Garvard universiteti sog‘liqni saqlash maktabi va Brigam ayollar kasalxonasi olimlari yetti yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan qariyb yarim million kishining hayot tarzini kuzatishadi.
Olimlar xulosasiga ko‘ra, achchiq ta’mli ovqatni xush ko‘ruvchilar boshqalarga qaraganda 12-14 foizga ko‘proq umr ko‘rishadi. Achchiq qalampirni iste’mol qilishlarini aytgan kishilar qator kasalliklardan kamroq vafot etishgan.
Shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, professor Gennadiy Onishenko ham chili qalampiri tarafdori. U mayda qalampir bo‘laklarini limon sharbati bilan har kuni ichishga harakat qilishini aytgan. U buni organizm uchun katta foydasi borligi ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kuch baxsh etuvchi va kayfiyatni ko‘taruvchi endorfin gormonini ishlab chiqaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq haddan tashqari miqdorda gazli va shirin ichimliklar ichish yurak va qon-tomir kasalliklari hamda saratondan erta o‘lish ehtimolini sezilarli ravishda oshirishi haqida xabar qilgan edik.