TOShKENT, 22-may — Sputnik. Afg‘oniston birinchi vitse-prezidenti, Abdu Rashid Do‘stum atrofida bo‘lgan kishilar xabariga ko‘ra, u Turkiyaga davolanish uchun uchib ketgan.
Bundan biroz oldin mahalliy OAVlarda Afg‘onistonning Jauzjan viloyati sobiq gubernatori Axmad Eshchi va general Do‘stum orasida mojaro kelib chiqqani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Eshchi Do‘stumning tan qo‘riqchilarini uni do‘pposlashda va haqoratlashda ayblagan edi.
Boshqa manbaalarda aytilishiga ko‘ra, Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va general Do‘stumni majburan mamlakatdan chiqarib yubormoqchi bo‘lgan. Bu borada u Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on bilan telefonda muzokaralar o‘tkazgan va general Do‘stum uchun ikki marotaba Turkiyadan samolyot chaqirgan.
Podrobno.uz xabariga asosan.