O‘zbekistonda yangi davlat qo‘mitasi tashkil etildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat veterinariya qo‘mitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi.

TOShKENT, 29 mar – Sputnik.  Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.

Trade at a city food pre-Easter fair held on Karl Marx Square in Novosibirsk. (File) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “rezina” tuxum paydo bo‘ldimi: Veterinariya qo‘mitasi tekshiruv o‘tkazdi

Farmon bilan Davlat veterinariya qo‘mitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Qo‘mita veterinariya, chorvachilik va naslchilik sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Quyidagilar Qo‘mita tarkibiga o‘tkazildi:

- Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning akademik litseyi;

- Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti;

-  Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti;

- Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

Qo‘mita huzurida Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi hamda “O‘zbekchorvanasl” agentligi tashkil etildi.

Korovi na molochno-tovarnoy ferme - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik rivojlantiriladi

2020 yil 1-yanvardan:

-  100 boshli chorva va 100 ming parranda bo‘lgan xo‘jaliklarda veterinariya vrachi va zootexnik shtati joriy etiladi;

- qoramolchilik yo‘nalishidagi xo‘jaliklardagi hamda aholi qaramog‘idagi sigirlar seleksiya rejasiga asosan naslli buqalar urug‘i bilan sun’iy urug‘lantiriladi;

- tuman hokimlari kelgusi yilga ozuqa ekinlarini joylashtirish rejasini “O‘zbekchorvanasl” agentligining hududiy boshqarmalari bilan kelishadi.

Yangiliklar lentasi
0