TOShKENT, 26 mar - Sputnik. To‘xtash ta’qiqlangan belgisini inkor etganlik avtomatik tarzda qayd etiladi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.
"Toshkent shahrida 25-martda AutoCon-SC/M majmuasiga kiritilgan yangilik sinovdan o‘tkazilishi boshlandi. Yo‘l harakati qoidalaridagi qonunbuzarliklarni avtomatik qayd qilish ro‘yxati "To‘xtash ta’qiqlanadi" yo‘l belgisini inkor etish holati bilan to‘ldirildi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, AutoCon-SC/M majmuasi bilan Toshkent IIBB YHXB ning ayrim maxsus avtomobillari jihozlangan. Mashinaning old oynasida mahkamlangan videokamera 58ta davlatning raqam belgilarini taniydi va yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini avtomatik ravishda qayd etadi.
Haydovchilar tomonidan "To‘xtash ta’qiqlanadi" belgisini inkor qilish maxsus avtomobilning shahar bo‘ylab harakatlanishi davomida qayd qilib boriladi.
Qoidabuzar haqidagi ma’lumotlar onlayn-tarzda YHXB kompyuter boshqaruv tizimiga kelib tushadi.