MIB davlatga eng ko‘p zarar yetkazgan "tadbirkorlarni" sanab o‘tdi

© Press-slujba respublikanskogo buro prinuditelnogo ispolneniyaNezakonnaya ustanovka elektrooborudovaniya
Nezakonnaya ustanovka elektrooborudovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim uddaburonlar davlatga pul to‘lamaslik uchun, qanday xiylalarga borishga tayyorligi haqida MIB matbuot-xizmati ma’lumotida o‘qing

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi qoshidagi Majburiy ijro burosi energiya resurslari va suv ta’minoti sohasidagi tarmoqlarga noqonuniy ulanish orqali davlatga katta miqdorda zarar yetkazgan "tadbirkorlar" haqida ma’lumot berdi. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.

Sotrudniki buro prinuditelnogo ispolneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
MIB O‘zbekistondagi qarzdorlar bilan qanday ishlamoqda? Ulkan armiya faoliyatiga nazar

Ta’kidlanishicha, iste’molchilar tomonidan tarmoqlarga noqonuniy ulangan holda foydalanish holatlari uchrab turadi. Ba’zida tadbirkorlik subyektlari yaratilgan imkoniyatlardan qonunda belgilangan tartibda emas, aksincha, o‘zboshimchalik bilan foydalanishni afzal biladilar.

Misol uchun, Pastdarg‘om tumani Nayman mahallasida iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishi hamda to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlari holati o‘rganilganda mahallada yashovchi fuqaro Sh.E.ning umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olganligi aniqlangan.

Ikki yarim oy davomida maydoni 750 metr/kvadrat bo‘lgan issiqxonada pomidor mahsuloti hamda 620 metr/kvadrat bo‘lgan issiqxonada bodring mahsulotini yetishtirib, tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanib kelgani oqibatida, gaz ta’minoti korxonasiga 75 mln. 115 ming so‘mlik ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro U.Haydarov elektr energiyasini hisobga olish priboridan tashqari o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasi tarmog‘iga ko‘z bilan aniqlab bo‘lmaydigan holatda, ya’ni yo‘l yoqasida joylashgan yog‘och tayanch orasidan 3 fazali elektr kabellarini yashirin ravishda o‘tkazib, tarmoqqa ulab olgan hamda yog‘och tayanchdan yashash xonadonidagi ovulxonasining ichkari qismigacha bo‘lgan taxminan 30 metr masofagacha elektr kabellarini yer ostidan yashirincha o‘tkazib, 1-dona elektr dvigateli va 2-dona yoritgichlarni ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Oqibatida davlatga 95 million 976 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Majburiy ijro burosi O‘zbekiston fuqarolarini energiya resurslari va suv ta’minotidan o‘g‘rincha emas, balki oqilona va qonuniy foydalanishga chaqirib qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0