Mirziyoyev nega qo‘qqisdan harbiy trevoga e’lon qildi?

© Minoboroni RUzPerviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana
Perviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha Shavkat Mirziyoyev butun respublikada o‘quv trevogasini e’lon qilgan edi. Bunga qadar harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi faqatgina harbiy okruglar miqyosida tekshirilgan. Bu kabi keng ko‘lamli qo‘qqisdan tekshiruvlar O‘zbekiston armiyasida avval o‘tkazilmagan

TOShKENT, 27 noya - Sputnik. Qo‘qqisdan tekshiruvning asosiy maqsadi — joriy yil davomida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari va boshqaruv organlarida amalga oshirilganishlarni baholash hamda tahlil qilishdan iborat, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Nachalo sovmestnix uzbeksko-tadjikskix voyennix ucheniy v Sogdiyskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarildi

26 noyabr kuni erta tongda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligini tekshirish bo‘yicha majmuaviy tadbirlar boshlandi. 

O‘zbekiston prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning farmoyishiga binoan 26-noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligini tekshirish uchun keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Unga asosan Mudofaa vazirligi qo‘shinlari "Trevoga!" signali bo‘yicha ko‘tarildi. Ushbu o‘quv mashg‘uloti 30-noyabrga qadar, besh kun davomida o‘tkaziladi. Unda Mudofaa vazirligining barcha qo‘shinlari qatnashmoqda.

© Minoboroni RUzPerviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana
Mirziyoyev nega qo‘qqisdan harbiy trevoga e’lon qildi? - Sputnik O‘zbekiston
Perviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana

"Qo‘shinlar qo‘llanilishi bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilangan muddat ichida bajarishlari, ya’ni harbiy xizmatchilarning o‘quv-jangovar topshiriqlarni amalga oshirishi va nostandart qarorlarni qabulqilishga tayyor ekanliklarini ko‘rsatishlari lozim", - deyiladi xabarda.

Bunga qadar harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi faqatgina harbiy okruglar miqyosida tekshirilgan. Bu kabi keng ko‘lamli qo‘qqisdan tekshiruvlar O‘zbekiston armiyasida avval o‘tkazilmagan.

© Minoboroni RUzPerviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana
Mirziyoyev nega qo‘qqisdan harbiy trevoga e’lon qildi? - Sputnik O‘zbekiston
Perviy den proverki voysk Minoboroni Uzbekistana

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i tomonidan vazifalar belgilab berildi va harbiy okrug qo‘mondonliklariga yetkazildi. Shundan so‘ng, statsionar boshqaruv punktlari tashkil etildi va unda amaliy ishlar boshlab yuborildi, harbiy okruglarning mobil boshqaruv punktlari o‘z ishini boshladi.

© Minoboroni RUzPerviy den proverki voysk Minoboroni RUz
Mirziyoyev nega qo‘qqisdan harbiy trevoga e’lon qildi? - Sputnik O‘zbekiston
Perviy den proverki voysk Minoboroni RUz

Bunda asosiy e’tibor qo‘shinlarni barqaror va uzliksiz boshqarishni tashkil etish hamda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Tekshiruvning ushbu bosqichida xavfsizlik qoidalariga, harbiy texnika va qurollarning sozligiga qat’iy rioya qilindi.

© Minoboroni RUzPerviy den proverok boyegotovnosti armiy Minoboroni RUz
Mirziyoyev nega qo‘qqisdan harbiy trevoga e’lon qildi? - Sputnik O‘zbekiston
Perviy den proverok boyegotovnosti armiy Minoboroni RUz

Qo‘qqisdan tekshiruv davomida qo‘shinlar harakati ustidan nazorat va tahlilni maxsus tuzilgan Hukumatlararo ishchi komissiyasi olib bormoqda.

Signal qo‘qqisdan berilgan bo‘lsada, qo‘shinlarni shoshirib qo‘ymadi. O‘quv yili davomida qo‘qqisdan bo‘ladigan tadbirlar bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilardaeng mas’uliyatli vaziyatlarda jangovar shay holatga tayyor turishini ta’minladi.

26 noyabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlari avto hamda zirhli texnika vositalari tarkibida belgilangan hududlarga kolonna shaklida marshni amalga oshirdi. Harbiylarning ma’naviy va psixologik holati barqaror, shaxsiy tarkib keyingi vazifalarni bajarishga tayyor turibdi.

Yangiliklar lentasi
0