O‘zbekiston va Janubiy Koreya 2019-yilga mo‘ljallangan tadbirlar jadvalini muhokama qilishdi

© Sputnik / Sergey PatakovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lajak oliy darajadagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazishdan ikki tomon ham manfaatdorligi qayd etildi.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Koreya Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kvon Yon U bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

“Suhbat chog‘ida 2019-yilga mo‘ljallangan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama aloqalarning jadvali bo‘yicha fikr almashildi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi O‘zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazishdan ikki tomon ham manfaatdorligi qayd etildi. Mazkur uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rish borasidagi qo‘shma tadbirlarning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0