Ford yengil avtomobillari Rossiya bozorini tark etmoqda

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishProizvodstvo novoy modeli Ford Focus vo Vsevolojske
Proizvodstvo novoy modeli Ford Focus vo Vsevolojske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil boshidan buyon Rossiya yengil avtomobillar bozorida Ford savdosi 45 %ga tushib ketgan edi.

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. AQShning Ford konserni Rossiyada yengil avtomobillar ishlab chiqarishni to‘xtatadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Konveyer zavoda Djeneral Motors - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan Qozog‘istonga avtomobil eksportini boshladi

Rossiya hududida yiliga 350 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan Ford Sollers qo‘shma korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatadi.  Korxonaga tegishli bo‘lgan Naberejnie Chelni va Vsevolojsk dagi avtomobil zavodlari faoliyati qayta tashkil qilinadi. Faqat Yelabugadagi Ford Transit mikroavtobuslari ishlab chiqaruvchi zavod ishlashda davom etadi.

Bundan buyon barcha e’tibor yengil tijorat avtomobillariga qaratiladi.

“Biznesning yangi tuzilmasi Ford Transit  avtomobili savdosini oshirishga va kompaniyaning bozordagi ulushini mustahkamlashga xizmat qiladi”, - deyilgan xabarda.

Aksionerlar to‘xtatilayotgan zavodlarni qayta ixtisoslashtirishga kelishib olishdi. Ishdan ketishga majbur bshlayotgan xodimlar masalasida -  arizalariga muvofiq, kompensatsiya to‘lagan holda ishdan bo‘shatishga kelishib olindi.

Prezentatsiya novoy Lada Granta  na zavode «AvtoVAZ” v Tolyatti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyadan eng ko‘p avtomobil import qiluvchi mamlakatlar uchligiga kirdi

Shuningdek, Ford kompaniyasi Rossiyadagi qo‘shma korxonani boshqarishni rossiyalik hamkoriga topshirishini xabar qilgan. Ford Motor Company PAO "Sollers"ga ishshma korxonaning 51 % aksiyalarini topshiradi.

Ma’lumot uchun, ayni damda Ford Sollers kompaniyasining Vsevoljskdagi zavodda Ford Focus va Mondeo ishlab chiqarilar, Naberejnie Chelni shaahridagi zavodda — Ford Fiesta va EcoSport avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. 2019-yil boshidan buyon Rossiya bozorida Ford avtomobillari savdosi 45 %ga tushib ketib, 4,17 ming donani tashkil qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda yana bir yirik amerika brendi GMga qarashli bo‘lgan Chevrolet va Opel Rossiya bozorini tark etgan edi. O‘shanda mutaxassislar bunga nafaqat savdo hajmi tushib ketishi, balkim Rossiya va AQSh o‘rtasidagi siyosiy taranglik ham sabab bo‘lgan deyishgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0