GM Uzbekistan Qozog‘istonga avtomobil eksportini boshladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishKonveyer zavoda "Djeneral Motors"
Konveyer zavoda Djeneral Motors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan 2019-yilni eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilgan.

TOShKENT, 17 mar - Sputnik. GM Uzbekistan Qozog‘istonga ilk partiya avtomobillarni jo‘natdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati. 

“16 mart kuni GM Uzbekistan avtomobillarning dastlabki partiyasini Qozog‘istonga eksport qildi. Kompaniya Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga Nexia R3 avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish uchun SKD holida hamda “Ravon Motors Qozog‘iston”ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holida eksport qiladi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, 2019-yil davomida GM Uzbekistan Afg‘oniston va Tojikiston respublikalariga ham avtomobillar eksportini amalga oshirmoqda. GM Uzbekistan 2019-yilni eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilgan, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0