O‘zbekistonda talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddati uzaytirildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi OTMlar bakalavriati va magistraturasida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga 2018/2019-o‘quv yili uchun shartnoma to‘lovlarining ikkinchi yarmini to‘lash muddati uzaytirildi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekistonda talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddati uzaytirildi, deya xabar qilmoqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati.

Bolee sta studentov Tashkentskogo gosudarstvennogo universiteta uzbekskogo yazika i literaturi imeni Alishera Navoi napisali diktant na russkom yazike po tvorchestvu sovetskogo pisatelya Mixaila Sholoxova - Sputnik O‘zbekiston
Stipendiya evaziga kontrakt pulini kamaytirish mumkin bo‘ladi

Xabarda yozilishicha, O‘zbekistondagi OTMlar bakalavriati va magistraturasida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga 2018/2019-o‘quv yili uchun shartnoma to‘lovlarining ikkinchi yarmini to‘lash muddati uzaytirildi.

Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 25-martdagi 16-son bayoni bilan ushbu muddat joriy yilning 15-apreliga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Yangiliklar lentasi
0